Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bangladeshda poyezdlar to‘qnashib, 17 kishi halok bo‘ldi
12:38 / 2023-10-24

Bangladesh sharqida ikki poyezd to‘qnashuvi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab insonlar jarohatlandi. “Arab News” nashri shu haqda xabar bergan.

Poytaxt Dakkadan 80 kilometr shimoli-sharqda joylashgan Bxayrab shahrida yo‘lovchi poyezdi yuk sostaviga urilgan.

Temir yo‘l politsiyasi boshlig‘i Anovar Husayn “qutqaruv amaliyoti davom etar ekan, qurbonlar soni ortishi mumkin”ligini aytdi.

Yuk poyezdi yo‘lovchilarni olib ketayotgan tarkibga orqa tomondan urilgan va ikki vagonni g‘ijimlagan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, qoidani yuk poyezdi buzgan.

Voqea yuzasidan rasmiy tergov boshlandi.

– To‘qnashuvdan keyin odamlar ichkarida qolib ketdi, – dedi mahalliy yong‘in xizmati boshlig‘i Muhammad Mas’ud jurnalistlarga. – Fojia yuz berganda ko‘pchilik halok bo‘ldi.