Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bangladeshda parlament tarqatildi
16:30 / 2024-08-07

Bangladesh Prezidenti Muhammad Shahobiddin muvaqqat hukumat tuzilishi arafasida parlamentni tarqatib yubordi. Bu haqda “Dhaka Tribune” nashri xabar berdi.

Bu qaror davlat rahbarining mamlakat Qurolli kuchlari, qator siyosiy partiyalar rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va talabalar harakati yetakchilari bilan uchrashuvi yakuni bo‘yicha qabul qilingan.

Sobiq Bosh vazir, Millatchilar partiyasi rahbari Xolida Ziyo qamoqdan ozod etilgani aytildi.

Talabalar noroziligi harakati vakillari muvaqqat hukumat boshqaruviga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Muhammad Yunus qo‘yilishini talab qilyapti.

Bir kun avval Bangladesh armiyasi Bosh qo‘mondoni general Voqir Uz-Zamon mamlakatda o‘tish davri hukumati tuzilishini bildirgan. Bu haqda Bosh vazir Shayx Xasina iste’foga chiqqach, ma’lum bo‘ldi.

Dushanba kuni minglab namoyishchilar Xasinaning rasmiy qarorgohi, Dakkadagi Ganobxabana majmuasiga bostirib kirdi. Shundan so‘ng Xasina va uning singlisi rasmiy qarorgohni tark etdi. Ular harbiy vertolyotda xavfsizroq joyga yetib borishgan.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tartibsizlik payti 147 kishi halok bo‘lgan. Mahalliy matbuot esa qurbonlar 200 nafardan ko‘pligini ta’kidlamoqda.