French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bangladesh toʻqimachilik sanoati vakillari bilan videomuloqot
22:52 / 2020-07-16

Uyushma aʼzolari oʻzbekistonlik sheriklar bilan tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish niyatida.


Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasi koʻmagida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va Bangladesh toʻqimachilik sanoati uyushmalari rahbariyati oʻrtasida videokonferensaloqa shaklida muzokaralar oʻtkazildi.

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.Haydarov Oʻzbekistonda iqtisodiyotning turli tarmoqlari, jumladan, toʻqimachilik sanoatini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi. U bangladeshlik sheriklarga Oʻzbekistonning taniqli toʻqimachilik brendlari bilan hamkorlik qilish, mutaxassislar malakasini oshirish uchun yetakchi muhandislarni jalb etish, shuningdek, yurtimizda “BUTEX” Bangladesh toʻqimachilik universitetining filialini ochishni taklif qildi.

Oʻz navbatida, Bangladesh trikotaj ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari uyushmasi - BKMEA birinchi vitse-prezidenti M.Xatem oʻtgan yili Oʻzbekistonda boʻlgani va mamlakatda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan batafsil tanishganini aytdi. Uyushma aʼzolari oʻzbekistonlik sheriklar bilan tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish niyatida.

Bangladesh kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari uyushmasi - BGMEA direktori A.Momen ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish MDH mamlakatlari bozorlarida oʻz oʻrnini kengaytirish nuqtayi nazaridan juda yaxshi istiqbolga ega ekanini taʼkidladi.

Bangladeshning tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yirik kompaniyalaridan biri “Urmi Group” boshqaruvi direktori A.Ashraf kompaniyaning Oʻzbekiston bilan hamkorligi rejalari haqida maʼlum qildi.

Muzokaralar chogʻida tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Ularning natijalari boʻyicha Bangladesh tomoni qoʻshimcha muzokaralar oʻtkazishga, karantin cheklovlari bekor qilingandan keyin Oʻzbekistonga tashrif buyurishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar doimiy aloqada boʻlishga va zarur maʼlumotlarni doimiy ravishda almashishga kelishib oldi.