Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bangladesh Prezidenti “UZTEX GROUP” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi
18:07 / 2019-06-17

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Muhammad Abdul Hamid Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “UZTEX GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.


Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Muhammad Abdul Hamid Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “UZTEX GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

2009 yilda ishga tushirilgan korxonada paxtadan aralashma matolar, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yiliga 7 ming tonna ip-kalava tayyorlanadi.

Korxona mahsulotlari dunyo bozorida xaridorgirligi bilan ajralib turadi. Mahsulotning asosiy qismi Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston kabi davlatlarga eksport qilinadi. 2018 yil yakuniga ko‘ra, xorij mamlakatlariga 22,67 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. Korxona o‘z mahsulotlarini Bangladesh Respublikasi bozorlariga ham yetkazib berishni rejalashtirgan.

Oliy martabali mehmon korxona faoliyati bilan tanishib, bu yerda zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasidan ip-kalava ishlab chiqarish, qadoqlash va eksportga yo‘naltirishgacha bo‘lgan jarayonni ko‘zdan kechirdi.

Iqtisodiyotning barcha jabhalarida, xususan, paxta-to‘qimachilik sohasida hamkorlik qilishdan manfaatdormiz, dedi Bangladesh Prezidenti. 


1.JPG

3.JPG

6.JPG

8.JPG

9.JPG