Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bangladesh BRIKSga ariza berdi
13:36 / 2023-06-20

Bangladesh BRIKS ittifoqiga a’zo bo‘lish maqsadida rasman ariza topshirdi. Bu haqda “Dhaka Tribune” nashri xabar tarqatdi.

Bosh vazir Shayx Xasina bilan Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa uchrashuvida ushbu masala ijobiy baholandi. Bangladesh tashqi ishlar vaziri Abdul Mo‘min ma’lum qilishicha, muloqot natijasi o‘laroq, BRIKSning amaldagi raisi – JAR tashqi ishlar vaziri Naledi Pandorga rasmiy maktub jo‘natilgan.

Xasina va Ramafosa uchrashuvi o‘tgan hafta Jenevada bo‘lib o‘tdi. BRIKSni kengaytirish mavzusi avgustda Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadigan sammit kun tartibiga qo‘yilishi mumkin. Hozir Bangladesh “BRIKS do‘sti” sifatida tan olingan.

Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JARni birlashtirgan ushbu iqtisodiy tuzilmaga Bangladesh, Jazoir, Argentina, Eron, Indoneziya, Turkiya, Misr va Saudiya Arabistoni ham qo‘shilish istagini bildirgan.