Bangladesh Bosh vaziri qachon mamlakatiga qaytadi?
Bangladeshning sobiq Bosh vaziri Shayx Xasina hozir Hindistonda. O‘tish davri hukumati saylov e’lon qilgandan keyin u mamlakatga qaytishi mumkin. Bu haqda siyosatchining Amerikada yashayotgan o‘g‘li Sajib Vozid “Times of India” gazetasida ma’lum qilgan.
Kecha Nobel mukofoti laureati Muhammad Yunus Bangladesh hukumatining muvaqqat rahbari sifatida qasamyod qildi. Sobiq Bosh vazirning o‘g‘li onasi hayotini asrab qolgani uchun Hindiston Bosh vaziri Narendra Modiga minnatdorlik bildirgan.
Avvalroq Sajib “Blumberg” agentligiga onasi va xonadon a’zolari Bangladeshga qaytmasligini aytgandi.