Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bangladesh bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik kengayadi
13:17 / 2025-11-08

Bangladesh Ta’lim vaziri doktor Chovdhuriy Rafiq ul Abrar boshchiligidagi delegatsiya Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Ushbu delegatsiyani qabul qilish marosimi noan’anaviy tarzda, ya’ni “Ta’lim - barqaror rivojlanish uchun” mavzusidagi anjuman shaklida bo‘lib o‘tdi.  

Unda Bangladeshning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Monirul Islom ham ishtirok etdi.  

Tadbirni Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov ochib berdi.

Elchi Muhammad Monirul Islom ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligini, O‘zbekistonning tarixiy shaharlari va buyuk mutafakkir olimlari qoldirgan ilmiy meroslarni alohida ta’kidladi.  

Shundan so‘ng, Ta’lim vaziri doktor Chovdhuriy Rafiq ul Abrar “Ta’lim - barqaror rivojlanish uchun” mavzusida ma’ruza qilib, ta’lim tizimida barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etish, innovatsion o‘qitish usullari hamda ilmiy almashinuv imkoniyatlari, Bangladesh ta’lim tizimi, xalqaro loyihalar hamda talaba almashinuvi, ikki mamlakat olimlarining tadqiqotari xususida to‘xtaldi.  

Uchrashuv yakunida Rustam Xolmurodov Bangladesh delegatsiyasiga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi.  

Kelgusida o‘zaro ilmiy va ta’limiy hamkorlikni yanada kengaytirish, uzoq muddatli o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash, laboratoriya resurslaridan samarali foydalanish, universitetlar o‘rtasida strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bu orqali ilmiy tadqiqotlar, talaba almashinuvi va o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish istagini bildirdi.

Dildora Do‘smatova,

O‘zA