Buxoro viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Ta’kidlanishicha, 2025 yilda bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari tomonidan 29500 nafar ishsizlarni ishga joylashtirish belgilangan. Joriy yilning besh oyida 11505 nafar ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish belgilangan edi. Amalda 14523 nafar yoki besh oylik prognozga nisbatan 126,2 foiz ishsiz fuqarolar doimiy ishlarga ishga joylashtirildi. Shahar, tuman hokimlarining qarorlariga ko‘ra 2025 yilda 3578 ta ish o‘rni ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi toifalari uchun kvotalangan.
2025 yil davomida 212 marotaba mehnat yarmarkalarini o‘tkazish belgilangan. Shu kungacha jami 183 marotaba mehnat yarmarkalari o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 1115 ta korxona va tashkilotlar 4175 ta vakant ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Yarmarkalarda jami 3226 nafar fuqarolar ishtirok etgan. Tadbirlar orqali 2304 nafar ishsizlar ishga joylashtirilgan, 395 nafari kasbiy ta’limga o‘qishga yo‘llanma berilgan.
Joriy yil boshidan 228 nafar fuqarolar ishsiz deb e’tirof etilgan, ularning 150 nafariga 590 million so‘m miqdorida ishsizlik nafaqasi tayinlangan. 78 nafari kasbiy ta’limga o‘qishga yuborilgan.
Joriy yil yakuniga qadar tijorat banklari va hokim yordamchilari bilan birgalikda har bir mahallada o‘rtacha 40 tadan jami 21 760 ta mikroloyihalar ishga tushirilib, 43 520 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
[gallery-24100]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 oktyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan 2025 yildan boshlab yetakchi tadbirkorlarni jalb qilgan holda iqtisodiyotning tegishli tarmoq va sohalariga ixtisoslashgan mahallalar sonini har yili 10 foizga oshirib borish rejalashtirilgan.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.