English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bandlikni ta’minlash doirasida
13:55 / 2025-04-19

FOTOREPORTAJ

Jizzax shahrida viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir viloyatdagi ishsiz aholi va yoshlar bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlashga qaratildi.

Yarmarkada Jizzax shahar va tumanlardan taklif etilgan 358 ta korxona, tashkilot va muassasa tomonidan 2 ming 450 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Natijada 435 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 650 nafariga ishga va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha yo‘llanma berildi. Shuningdek, 410 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar taqdim etildi, 25 nafar talabgorga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

[gallery-22903]

Mehnat yarmarkasi doirasida 3 ta tijorat banki tomonidan 27 nafar yigit-qizga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun jami 143 million so‘m kredit ajratildi.  Shu bilan birga, yoshlar uchun namoyish etilgan “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa” va “Uzchess” loyihalari boshqa ko‘ngilochar tadbirlarga ulandi.

Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA