Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bandlikka ko‘maklashish markazlari maktab bitiruvchilari bilan ishlashi kerak (+video)
11:19 / 2024-02-08

Davlat dasturi — muhokamada

Ayni kunlarda yurtimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" bo‘yicha Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Besh yo‘nalish, 100 ta maqsadni o‘z ichiga olgan dastur loyihasida barcha sohalarga oid ustuvor maqsad-vazifalar belgilab berilgan.  

Xususan, bugunimiz va ertamizga daxldor bo‘lgan eng muhim soha — ta’lim-tarbiya yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilgan. Ma’lumki, umumta’lim maktablari va oliy ta’lim sohasida yuqori natijalarga erishish borasida ko‘plab sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Ammo shunga qaramay, ushbu yo‘nalishlarda o‘z yechimini kutayotgan muammolar, oldimizda turgan vazifalar talay. Xo‘sh, bu borada Davlat dasturi loyihasiga qanday takliflar bildirilmoqda?  

Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umida Rahmonova o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirdi. Xususan, deputat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalar qamrovini kengaytirish, ushbu muassasalarda faoliyat olib borayotgan pedagoglar darajasi qanday ekani, bugun MTTlar uchun 200 mingdan ortiq oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyoj borligini qayd etib, o‘z takliflarini bayon qildi.  

<iframe width="990" height="557" src="https://www.youtube.com/embed/b6Jivt6NCWI" title="Bandlikka koʻmaklashish markazlari maktab bitiruvchilari bilan ishlashi kerak" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Shuningdek, maktab va oliy ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida to‘xtaldi.    

Bugun xalqimizga, jamoatchilikka taqdim etilgan Davlat dasturi loyihasi taklif va mulohazalar asosida yanada  takomillashtirilmoqda. Ana shunday ochiq muhokamalar va berilayotgan takliflar esa hujjatning hayotiyligini, mukammal bo‘lishi va samarali ishlashini ta’minlaydi.  

Muhtarama Komilova,

Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA