Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Koreya Respublikasi elchisi bilan uchrashdi
12:53 / 2021-05-21

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashdi.

Unda mehnat migratsiyasi, xususan, O‘zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyaga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilish jarayonlarini tiklash, imtihonlardan o‘tgan va mehnat shartnomalari kelgan fuqarolarni ushbu davlatga jo‘natish masalalari muhokama etildi.

Pandemiya sharoitida Koreya Respublikasiga jo‘natilayotganlarga ketishdan oldin karantinda bo‘lishi uchun karantin talablariga rioya etgan holda barcha sharoitlarni yaratish, xohlovchilar uchun koronavirusga qarshi emlash jarayonini tashkil etishga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tayyor ekanligi ma’lum qilindi.

O‘z o‘rnida, elchi janoblari O‘zbekiston fuqarolarini vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilish jarayonlarini tiklashdan Koreya iqtisodiyoti ham manfaatdorligini bildirib, ushbu takliflarni Koreya Respublikasining tegishli vakolatli tashkilotlariga yetkazishini hamda mazkur masala yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.