Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bandlik darajasini oshirish – dolzarb vazifa
18:35 / 2024-02-01

FOTOREPORTAJ

Xorazm viloyati Xiva tumanida aholi bandligini ta’minlash yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar rejasiga asosan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilindi. Unda hududdagi qator korxona, tashkilot, muassasalar va tadbirkorlik sub’ektlari o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, vakant lavozimlari bilan ishtirok etdi. 

Yarmarka davomida o‘nlab ishsiz ayollar, yoshlar, mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolar, aliment to‘lovchilar, ta’lim muassasalari bitiruvchilari doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlandi. Shuningdek, tuman IIB probatsiya bo‘limi hisobida turgan shaxslarning ham 2 nafari ishli bo‘ldi.

Xorijiy davlatlarda ishlash istagini bildirgan fuqarolarga tashqi mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar, ish beruvchilar talabnomasi bo‘yicha, tanlov shartlari asosida fuqarolarni tashkiliy ravishda ishga joylashtirish, ularni kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Mehnat qonunchiligini targ‘ib qiluvchi buklet va eslatmalar tarqatildi.

[gallery-15739]

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA