Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bandixonda uch avlod vakillari uchrashdi
13:17 / 2025-08-09

Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida “Uch avlod uchrashuvi” uyushtirildi.

Camimiy, sermazmun dil so‘zlariga boy bo‘lgan uchrashuvda tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, “Nuroniy” jamg‘armasi Surxondaryo viloyati bo‘limi raisi Orziqul Soatov va boshqalar mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda yoshi ulug‘ insonlar va o‘g‘il-qizlarga birdek g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularning tinch, farovon turmush kechirishi, mehnat qilishi va o‘qib, izlanishi uchun barcha sharoit yaratilayotganini ta’kidladi.  

Tadbirda tuman nuroniylari o‘zlarining yoshlik va bilagi kuchga to‘lgan yillarda ko‘rgan-kechirganlari, boshdan o‘tkazgan qiyinchiliklar, hayot saboqlari haqida so‘z yuritdi. Istiqlol yillari kamolga yetayotgan o‘g‘il-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga havas bilan boqishini uqtirdi. O‘rta yoshdagi insonlar bolalik, yoshlik yillarida haminqadar bo‘lgan o‘qish va mehnat sharoitlarini esga olib, bugungi davrdagi sharoitlar bilan qiyosladi. Yosh avlod vakillari ayni paytda ularning o‘qib, izlanishi, sport, san’at, adabiyot va boshqa yo‘nalishlarda o‘z salohiyatlarini keng namoyon etishi uchun barcha imkoniyat mavjudligini faxr bilan e’tirof etdi.

Faxriylarning purma’no nasihatlari uchrashuvga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Nuroniylar va yoshlar o‘rtasida sportning shaxmat¬shashka turlari bo‘yicha qiziqarli musobaqa tashkil etildi. San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar davraga bayramona xush kayfiyat ulashdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri