Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bambukdan ishlangan mebellar xaridorgir
14:33 / 2016-04-19

Poytaxtimizdagi “Ratan-Asia” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bambukdan uy intererlari, yotoqxona, mehmonxona, bolalar xonasi mebellari, dala-hovli bezaklari ishlab chiqarilmoqda.

Poytaxtimizdagi “Ratan-Asia” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bambukdan uy intererlari, yotoqxona, mehmonxona, bolalar xonasi mebellari, dala-hovli bezaklari ishlab chiqarilmoqda. Bu jihozlardan har kim o‘z didiga ko‘ra, to‘plam qilib olishi yoki dizaynerlar tomonidan ishlangan mebel garniturini tanlashi mumkin. Korxonada xaridorlar talabidan kelib chiqib buyurtma asosida mebellar yasaladi.

Tez o‘sib, kam mehnat talab qiladigan bambuk o‘simligining ildizidan tortib bargigacha turli xil vositalarda foydalanish mumkin.

Bambuk yog‘ochi chidamliligi bilan alohida ajralib turadi. Undan yasalgan mebellarning afzal tomoni ham shunda. Bambukdan yasalgan mebellar yengil bo‘lishiga qaramay, juda chidamli, suvga, olovga bardoshli hisoblanadi. Bambukdan ishlangan stol, stul jamlanmalari suv yoki quyosh nuri ta’sirida ham o‘zgarmaydi. Bambuk yog‘ochi mikroblarga qarshi kurashish xususiyatiga ega bo‘lib qurt-qumursqalar, turli kassalliklar natijasida yemirilmaydi.

– Prezidentimiz rahnamoligida ishbilarmonlar uchun yaratilgan imtiyoz va qulay sharoit samarali mehnat qilishimizda asos bo‘lmoqda, – deydi “Ratan-Asia” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori K.Yafunyayev. – 2009-yilda tashkil topgan korxonamiz avvaliga xorij mamlakatlaridan uy intererlari, mebellar – tayyor maxsulotlarni olib kelib, sotish bilan ish boshlagan. Hozirgi kunda Indoneziyadan bambuk yog‘ochini olib kelib, xalqimizning talab va taklifi asosida turli mebel va uy jihozlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik.

Korxonada o‘ndan ziyod yoshlar ish bilan band. Bambukdan yasalgan mebellar aholi o‘rtasida tobora xaridorgir bo‘lmoqda. Ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, puxta o‘ylangan marketing siyosati samarasida mahsulot sifati yaxshilanib, hajmi oshmoqda.

Hozirgi kunda korxona Indoneziyaning “Wisanka” va “Ekobambuk” singari yirik firmalari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Korxona mebellari “MebelExpo Uzbekistan – 2016” ko‘rgazmasida e’tirof etilib, diplom bilan taqdirlandi.

Bambuk yumshoqligi, chidamliligi uchun unga o‘ymakorlik asosida bezak berish mumkinligini yosh ustalar amaliyotda sinab ko‘rdi. Bambuk yog‘ochiga milliy uslubda naqsh o‘yilgani bois mahsulotlar yanada chiroyli va ko‘rkam bo‘lmoqda.

Korxonaning poytaxtimizda ochilgan “Bambuk mebel” savdo majmuasida yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mebellar bilan birga tik, kakos daraxtlari hamda dengiz o‘tlaridan yasalgan o‘ziga xos uslublardagi mebellarni xarid qilish mumkin.