French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bambukdan ham mebel tayyorlanmoqda
09:28 / 2025-04-22

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi “Best Faxr Mebel” korxonasi zamonaviy mebel ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi.

Qoraariq mahallasida ish boshlagan yangi korxona yog‘och, plastmassa, temir, qamish, bambuk o‘simligi tanasi, daraxt novdasi kabi xom ashyodan yiliga qariyb bir milliard so‘mlik mebel tayyorlaydi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bir qismini ichki bozorda sotish, qolganini qo‘shni davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.

Ayni paytda korxonada mahallada yashaydigan o‘nga yaqin kishi mehnat qilmoqda. Kelgusida tadbirkor faoliyatini kengaytirish, mebellar turini ko‘paytirish evaziga yana o‘nta ish o‘rni yaratishni mo‘ljallamoqda. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri