Balxda internet taqiqlandi
Afg‘oniston shimolidagi Balx viloyatida endi ingichka tolali internetdan foydalanish butunlay cheklandi.
Tolibon yetakchisi Hibatulloh Oxunzoda bergan bu buyruq “axloqsizlikning oldini olish” maqsadida amalga oshirilgani aytilmoqda. Hokimlik matbuot kotibi Hoji Atoulloh Zayd bildirishicha, hukumat idoralari, xususiy sektor, jamoat muassasalari va xonadonlar “Wifi” tarmog‘idan to‘liq uzilgan.
Faqat mobil internet hozircha ishlab turibdi. “Zarur ehtiyoj uchun mamlakat ichida muqobil tizim barpo etiladi,” dedi rasmiy. Mazkur tajriba uchun nega aynan Balx tanlangani va boshqa hududlarga ham cheklov qo‘llanishi ehtimoli yuzasidan izoh berilmagan.
Bunday chora Tolibon hokimiyatni egallagan 2021 yildan beri ilk bor kuzatilmoqda. Ayrim odamlarning so‘zlariga ko‘ra, internet o‘chishi dastlab texnik nosozlik sifatida tushuntirilgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA