Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Balli, diplomat qizlar!
14:33 / 2023-03-07

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ham 8 mart – Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Universitet rektori Sodiq Safoyev jamiyatning barcha sohalaridagi kabi siyosiy faoliyatda va boshqaruvda xotin-qizlarning ishtiroki ortib borayotganini ta’kidladi. Gender tenglikni ta’minlash, jamiyatda xotin-qizlarning o‘rnini yanada mustahkamlashga  katta e’tibor qaratilayotgani e’tirof etildi.  

Faoliyati davomida yutuqqa erishgan xotin-qizlarga tashakkurnomalar taqdim etilib, kelgusida bundanda yuksak marralarni zabt etishiga ishonch bildirildi.  

[gallery-10869]

Tadbir doirasida «Balli, diplomat qizlar!» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, sovg‘alar taqdim etildi.  

Shuhrat Ne’matov,  

Nosir Haydarov (surat), O‘zA