Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Balli ayollar” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
11:57 / 2026-02-09

Mudofaa vazirligiga qarashli Navoiy garnizonidagi harbiy qismlar va ularga bo‘ysunuvchi bo‘linmalar harbiy xizmatchilarining turmush o‘rtoqlari o‘rtasida “Balli ayollar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Harbiy xizmatchilar oilalarida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash hamda jamiyatda ayollarning o‘rni va rolini oshirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda jamoalar “Biz baxtiyor ayollarmiz”, “Qadimgi liboslar – madaniy merosimiz”, “Dars”, “Uddaburonlar” va “Bahru bayt” kabi shartlar asosida o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Zarafshon shahridagi harbiy qism jamoasi 1-o‘rinni, Zarmitan qo‘rg‘onidagi harbiy qism jamoasi 2-o‘rinni, Uchquduq tumanidagi harbiy qism jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindor jamoalar, shuningdek, faol ishtirokchilar harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA