Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Balkan» janglari: bokschi qizlarimizda hozircha 3 ta g‘alaba
12:23 / 2022-09-21

Shu kunlarda Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida «Balkan» xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Kelgusi yili Xitoyda o‘tadigan Osiyo o‘yinlari, 2024 yilgi olimpiya o‘yinlari hamda qit’a va jahon chempionati oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik musobaqasi bo‘lgan ushbu xalqaro turnirda mamlakatimizning 9 nafar bokschi qizlari o‘z vaznlarida g‘oliblik uchun jang olib bormoqda.

Kecha o‘tkazilgan bahslarda to‘rt nafar bokschi qizimiz ringga ko‘tarildi. Ularning 3 nafari g‘alaba qozongan bo‘lsa, bir nafari afsuski, imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Murosasiz bahslarda Nigina O‘ktamova Xitoy Taypeyi, Sitora Turdibekova Fransiya, Xadichabonu Abdullayeva Finlyandiya vakilalarini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Mohinabonu Abdullayeva shveysariyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi.

Bugun, 21 sentyabr kuni «Balkan» turnirida terma jamoamizning 7 nafar a’zosi navbatdagi janglarni o‘tkazadi.

Dunyoning 15 dan ziyod davlatidan vakillar qatnashayotgan turnir bahslari 23 sentyabrga qadar davom etadi.


T. Ro‘ziyev, O‘zA