English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baliqlar suv havzalarga qo‘yildi
11:14 / 2025-06-10

“Buxoro baliq ovlash va ovchilik” hamjamiyati tashabbusi bilan baliq resurslarini tiklash aksiyasi o‘tkazildi.

Tadbirda shaharliklar hamda boshqa hududlardan kelgan fuqarolar ishtirokida Buxoro viloyatidagi suv havzalarga jami 80 000 dan ortiq sazan va karp baliqlari qo‘yildi. Shundan 10 000 dona baliq “Dilshod va Sherzod” baliq xo‘jaligi tomonidan tuhfa sifatida taqdim etildi.

Baliq qo‘yish ishlari ikki bosqichda va ikki hududda amalga oshirildi. Xususan, To‘dako‘l suv havzasida bo‘lib o‘tgan bosqichda mahalliy baliqchilar ham faol ishtirok etdi. Mazkur ekologik tashabbus ijtimoiy birdamlik namunasiga aylandi. 14 million so‘mlik xayriya mablag‘lari aholining o‘z ixtiyori bilan to‘plandi va tadbirni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynadi.

Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi suv bioresurslarini tiklash, baliq ovlash muhitini sog‘lomlashtirish hamda ekoturizm imkoniyatlarini kengaytirishdir.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.