Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baliqchilikni rivojlantirish juda muhim
15:40 / 2020-08-25

Korxonada maxsus inkubatsion bankalar mavjud boʻlib, ularda 300 mingta mayda baliqlar saqlanmoqda.


Buxoro tumanidagi baliq sanoat korxonasi havzalarida 200 mingdan ortiq baliq chavoqlari tashlanib, ushbu havzalardan kuz faslining oʻrtalariga borib 200 tonna baliq mahsuloti olinishi rejalashtirilmoqda.

Korxonada maxsus inkubatsion bankalar mavjud boʻlib, ularda 300 mingta mayda baliqlar saqlanmoqda.

Hozirda 20 dan ortiq ish oʻrni yaratilgan. Olinayotgan daromad hisobidan yaqinda baliq va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi. Shu bilan birga xoʻjalikda baliqlar uchun omixta yem tayyorlash ham yoʻlga qoʻyilgan.

Tuman hokimi Qahramon Doʻstov tumandagi baliq sanoat korxonasida boʻlib, u yerda intensiv usulda baliq yetishtirish, baliqlar uchun omuxta yem ishlab chiqarish, tayyor va yarim tayyor baliq mahsulotlarini aholiga yetkazib berish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Tuman rahbari hududda baliqchilikni yana-da yuqori bosqichga koʻtarish, korxona faoliyatini kengaytirish, mavjud muammolarni bartaraf etish kabi masalalarda fikr almashdi. Mavjud muammolar joyida bartaraf etildi.