Yurtimizda baliq mahsulotini ko‘paytirish, baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish, tabiiy va sun’iy suv havzalaridan oqilona foydalanish borasida keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda.
O‘z o‘rnida, bu imkoniyatlardan foydalanayotgan tadbirkorlarimiz soha rivojiga hissa qo‘shib, yuksak marralarga erishmoqda.
Namangan viloyati Norin tumanida istiqomat qiluvchi yosh tadbirkor Ahrorbek Tolipov ham Prezidentimizning joriy yil 14 fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida belgilangan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda Yoshlar ishlari agentligi tavsiyasi bilan “Yoshlar banki” orqali imtiyozli kredit olib, baliqchilik faoliyatini boshladi.
U o‘z uyida intensiv hovuz tashkil qilib, dastlab 158 kilogramm baliq boqdi va buning ortidan daromad ko‘rdi.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/U4871A-GSLE?si=vCR-0PvynlsfM49d" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj),
O‘zA