Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baliqchilik: Do‘stlik tumanida istiqbolli loyiha moliyalashtirildi
16:12 / 2022-01-11

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2022 yil uchun Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida “Baliq mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash” startap loyihasi moliyalashtirildi.

Mamlakatimizning drayver sohasi aynan qishloq xo‘jaligi sektori ekanligi inobatga olinsa fuqarolarni boqadigan, ozuqa zaxirasini shakllantirib beradigan soha aynan qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridir. Shu bois yurtimizda qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, sohadagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash eng dolzarb masalaga aylanmoqda. Kutilgan natijalarga erishish uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga fan-texnika yutuqlarini, ilg‘or va o‘ta samarali texnologiyalarni, o‘rta va kichik tadbirkorlikni jalb etish talab etiladi. Mana shunday qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridan biri bu baliqchilik tarmog‘idir.  

Bugun baliqchilik tarmog‘i rivojlanmoqda. Prezidentmiz raisligida 2021 yilning 20 dekabr kuni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bu boradagi ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida baliqchilik sohasini rivojlantirish va kooperatsiya asosida baliq yetishtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi mazkur sohaning mamlakat oziq-ovqat sanoatidagi ulushi qay darajada yuqori ekanini ko‘rsatdi.  

Yig‘ilishda sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, o‘z hududida zarur oziq-ovqat mahsulotlarining yetarli zaxirasini shakllantirish, narxlar barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan besh yilda mamlakatimizda baliqchilik tarmog‘ida umumiy qiymati 2 trillion 200 milliard so‘mlik 1 ming 16 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida baliq yetishtirish hajmi 6 baravarga oshib, joriy yilda 400 ming tonnaga yetkaziladi. Baliq iste’mol qilish hajmi 2016 yilga nisbatan 5,7 barobarga ortadi. Ko‘pgina viloyatlarda baliqchilikdan olinayotgan hosildorlik haligacha gektariga 3-4 tonnani tashkil etayotgani, ushbu hududlarda intensiv baliq yetishtirish hajmi umumiy ishlab chiqarishning 10 foizidan oshmayotganini ko‘rsatadi. Shu bois sun’iy havzalarni intensivlashtirish, tarmoqda klasterlar va kooperatsiya tizimini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Kelgusi yilda baliq yetishtirish hajmini 600 ming tonnaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.  

Prezidentimizning 2021 yil 1 apreldagi “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan joriy yilda Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani baliqchilik borasida innovatsion tumanga aylantiriladi. Baliqchilik borasida tumandagi “SHERTRADE” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan umumiy loyiha qiymati 2 milliard 300 million so‘m bo‘lgan “Baliq mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash” startap loyihasi moliyalashtirildi. 

– Mazkur loyiha asosida mahalliy sharoitda baliqchilik uchun xomashyo tayyorlanadi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Jizzax viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi mas’ul xodimi Mansur Musayev. – Baliqdan olinadigan texnologik mahsulotlarning yangi namuna, assortimentlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yiladi. Nafaqat Jizzax viloyati, balki qo‘shni viloyatlarga ham A,B,Ye vitaminli baliq yog‘i va mahsulotlari yetkazib beriladi.

Shuningdek, jahon talablariga javob beradigan yuqori sifatli milliy brend yaratilib, mahsulotlarni xorijga eksport qilish imkoniyati, mahsulotlarni onlayn yetkazib berish tizimi ham joriy etiladi. Shu bilan birga tumandagi “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kirgan yoshlarning bandligini ta’minlash natijasida ishsizlik darajasi pasayadi. Jami 30 ta yangi ish o‘rni yaratilib, mahsulotning sotilishi hajmiga qarab mazkur raqam o‘sib boradi.  

 

A.Qayumov, 
J.Yorbekov (surat), O‘zA