Baliqchi tumanidagi 335-saylov uchastkasidan fotoreportaj
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun Baliqchi tumanida 60 ta saylov uchastkasi ertalab mahalliy vaqt bilan 08:00 dan boshlab mamlakat kelajagi uchun befarq bo‘lmagan fuqarolar uchun o‘z eshiklarini ochdi.
Keksayu yosh yurtimiz porloq kelajagi uchun konstitutsion huquqidan foydalanib o‘zining munosib deb bilgan nomzodiga ovoz berdi.
Tumandagi 335-saylov uchastkasiga yangi oila qurgan kelin - kuyovlarning kelishi ham baliqchiliklarning saylovda faol ishtirok etganligiga bir misol. Muhiddin va Madinaxonlar ham yangi oilalari kelajagi, yangi marralar va yangi g‘alabalar uchun ovoz berishdi.
[gallery-4412]
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA