English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baliq oviga chiqqan shahar meri qarmog‘iga qora dori ilindi
15:52 / 2023-08-09

Amerikaning Tampa shahri meri Jeyn Kastor oilasi bilan qayiqda baliq oviga chiqib 30 kilogrammlik kokainni ushladi, deb yozmoqda mahalliy Tampa Bay Times gazetasi.

Kostorga qiymati 1 millionga baholanayotgan qora dori partiyasi Atlantika okeanida duch kelgan.  

Ko‘p yillar politsiyada xizmat qilib kelgan shahar hokimi plastik o‘ramiga kapalak yorlig‘i yopishtirilgan  topilmani darhol payqagan va zudlik bilan sohil qo‘riqchilariga xabar qilgan.  

Umuman, hukumat ushbu voqea haqidagi xabarni iyul oyida e’lon qilgan edi. Lekin uni topgan kishi Florida shtatining uchinchi yirik shahri meri ekani endi ma’lum qilindi.  

“Mer oilasi ta’tilning qolgan qismini baliq ovida o‘tkazdi. Ularga boshqa narkotik modda duch kelmadi, lekin taxminan 60 ta lobster balig‘ini ushlashdi”, – deyiladi maqolada.  

 O‘zA