French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Balida favqulodda holat e’lon qilindi
15:29 / 2025-09-12

Indoneziyaning mashhur sayyohlik oroli Balida payshanba kuni kamida 14 kishining hayotiga zomin bo‘lgan kuchli suv toshqini tufayli favqulodda holat e’lon qilindi. To‘fon yomg‘iri mintaqaning yetti hududi, jumladan muzofot poytaxti Denpasarda toshqin keltirib chiqardi. Bir necha daryo qirg‘oqdan toshib, orolning ayrim qismlarini yorib o‘tdi.

Ayni payt yomg‘ir to‘xtab, aksariyat joylarda suv sathi pasaygan bo‘lsa-da, Bali hukumati bir haftalik favqulodda holat e’lon qildi, yuzlab qutqaruvchi jabrlangan maydonlarni quritish, omon qolganlarni qidirishda davom etmoqda.

– Qo‘shma guruh favqulodda amaliyotga kirishgan, – deydi Tabiiy ofatlar oqibatini yumshatish milliy agentligi vakili Abdul Muhariy. – Tirik qolganlar qidirilyapti, toshqin va ko‘chki bilan kurashilyapti.

Jamoa kamida uch kishi bedarak yo‘qolgani, Denpasar va Jembrana tumanlarida 500 dan ko‘p odam muvaqqat boshpanada qolayotganini ma’lum qildi.

Kuchli toshqin tunda asosiy yo‘llar, jumladan orol xalqaro aeroportiga kirishni to‘sib qo‘ydi. Suv asosan Denpasarda to‘plangan, jami 27 hududda ko‘chki kuzatilgan.

Agentlik rahbari Suxaryanto bildirishicha, bozordagi kamida 474 katta-kichik do‘konga zarar yetgan, yuzlab uy va binoni suv bosgan.

– Toshqin kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘tarilgan Rossbi-Kelvin to‘lqini nomli tabiiy hodisa sabab kuchaydi, – dedi u matbuot anjumanida. – Rasmiylar tezda tiklanish bosqichiga o‘tishni rejalashtirgan. Favqulodda holat markaziy hukumatdan tabiiy ofat oqibatini tezkor bartaraf etishni talab qilmoqda. Buning uchun mintaqaviy hukumatga yordam berish zarur.

M.Pirmatova, O‘zA