Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bali oroli yaqinida parom cho‘kib ketdi
17:30 / 2025-07-03

Indoneziyaning Bali kurort oroli yaqinida 65 kishini olib ketayotgan parom cho‘kib, kamida besh kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odam bedarak yo‘qoldi.

“Basarnas” qidiruv-qutqaruv agentligi ma’lum qilishicha, “KMP Tunu Pratama Jaya” kemasi chorshanba kuni kechqurun Sharqiy Yavadagi Banyuvangi portidan chiqqach, ko‘p o‘tmay cho‘kib ketgan. Omon qolgani taxmin qilinganlar qidirilyapti. Rasmiylarga ko‘ra, vertolyot va 15 ta kema ishtirok etgan qutqaruv amaliyoti samarasi o‘laroq, 35 kishi xavfsiz joyga o‘tkazildi.

– Kema to‘liq cho‘kkan, – dedi Surabaya qidiruv-qutqaruv xizmati rahbari Nanang Sigit. – Parom ichida odamlar bo‘lishi ehtimoli bor, lekin hozir asosiy e’tibor suv yuzasiga qaratilgan. Qurbon bo‘lgan besh kishining jasadi oilasiga yetkaziladi. Ertalab dengiz va ob-havo sharoiti me’yoriga keldi, tiriklarni qidirish osonlashdi.

Banyuvangi politsiyasi boshlig‘i Rama Samtama Putra aytishicha, omon qolganlarning ko‘pchiligi bir necha soat okeanda qolib ketishi tufayli hushidan ketgan.

– Saudiya Arabistoniga tashrif bilan ketgan Prezident Prabovo Subianto zudlik bilan favqulodda choralar ko‘rishni buyurdi, – dedi Vazirlar Mahkamasi kotibi Teddi Indra Vijaya va halokatga noqulay ob-havo sabab bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

M.Pirmatova, O‘zA