French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baliqchi tumani hokimi Prezidentdan, tuman aholisidan kechirim soʻradi
16:30 / 2020-10-04

2019-yilda tumanda jami 403 milliard soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.


Prezidentimizning 2020-yil 1-maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” qarori ijrosi natijalari tahliliga koʻra, Baliqchi tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi “Qoniqarsiz” deb baholanib, “qizil” hududga kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari Gʻayrat Bozorov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha Vakil devoni masʼul xodimi Murodjon Xoshimov, Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi Botirjon Hamroyev, shuningdek, tuman kengashi deputatlari, sektor rahbarlari hamda ommaviy axborot vakillari ishtirokida oʻtkazilgan Xalq deputatlari Baliqchi tumani kengashining boʻlib oʻtgan sessiyasida tumanni “qizil” hududdan chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlarini yaxshilash masalalari xususida atroflicha soʻz yuritildi.

Sessiyada dastlab tuman hokimi Jasurbek Abdurayimov soʻz olib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari, shu jumladan, pasayishiga olib kelgan xato va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar haqida gapirib, tumanning bunday holatga tushib qolgani uchun Prezidentimiz hamda tuman aholisidan kechirim soʻradi.

Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish oʻrinlari yaratish, eksportni kengaytirish boʻyicha ishlar qoniqarli darajada tashkil etilmaganligi sabablari xususida gapirdi.

2019-yilda tumanda jami 403 milliard soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu viloyatdagi jami sanoat mahsulotlarining atigi 1,2 foizni tashkil etdi.
Ushbu koʻrsatkich viloyatning boshqa hududlariga nisbatan juda past koʻrsatgich hisoblanadi. Yuqoridagilarni inobatga olib, tumanda yil yakuniga qadar sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan umumiy qiymati 373,7 milliard soʻmga teng 59 yangi loyihalarni ishga tushirish belgilangan. Ushbu loyihalarni amalga oshirish hisobiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilga nisbatan 103,4 foizga oʻsishi kutilmoqda.

Shuningdek, tumandagi 8 ta sanoat korxonani eksport faoliyatiga jalb etish evaziga yil yakuniga qadar 47 million 416 ming dollar miqdordagi mahsulot eksport qilinishi koʻzda tutilgan.

2020-2021-yillarda tumanda pillani qayta ishlash, qurilish materiallari va isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, zamonaviy issiqxonalar qurish, sut yetishtirish va qayta ishlash, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yangi loyihalarni amalga oshirish hisobiga tumanni “qizil” hududdan chiqarish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.

Sessiyada 2-, 3- va 4-sektorlar rahbarlarining ham axborotlari tinglanib, atroflicha muhokama qilindi. Sektorlar rahbarlari hamkorlikda ish olib borib, qayd etilgan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etishni oʻz zimmalariga olishdi.

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva soʻz olib, tumanni “qizil hudud”dan chiqarish boʻyicha sektor rahbarlari tomonidan tayyorlangan “Yoʻl xarita” hamda hisobotlar oʻz eʼtirozlarini bildirdi. Yaʼni, koʻzda tutilgan ishlarning amalga oshirish boʻyicha aniq muddat va rejalar belgilanmaganligi, hisobotlar umumiy gaplardan iborat boʻlganligini taʼkidladi. Tumanni yil yakuniga qadar “sariq” hududga, keyingi yil davomida “yashil” hududga oʻtkazish yuzasidan tayyorlangan “Yoʻl xarita”sini yana bir bor koʻrib chiqish, sessiyada aytilgan taklif va mulohazalarni qoʻshgan holda qayta ishlab chiqish boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berdi.

Sessiya ishidan soʻng Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va sektor rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.
photo_2020-10-05_10-13-10.jpg


photo_2020-10-05_10-13-14.jpg