Baklajkalarning qayta savdosi salomatlik uchun xavfli emasmi?
FOTOFAKT
Yurtimizda muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar koʻp. Keyingi yillarda ichki turizm rivojida muhim ahamiyatga ega ushbu tabarruk maskanlar yanada obod etilib, ziyoratchilar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Maʼlumki, aksariyat ziyoratgohlarda buloq bor va xalqimiz orasida oʻsha yerning suvi oʻzgacha xislatga ega ekani bilan qadrlanadi.
Buxorodagi Yetti pir ziyoratgohida buloq suvi uchun salqin ichimliklardan boʻshagan yelim idish, yaʼni baklajka sotilar ekan. Savol tugʻiladi: qayta ishlov berilmagan, nosanitar holatdagi idishlar sovdosiga ruxsat berish oʻrinlimi? Shifo istab olingan suv aks taʼsir berib, odamlar salomatligiga xavf solmaydimi? Bu haqda mutaxassislar va mutasaddilarning fikri qanday? Javob kutib qolamiz.