Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bakalavr va magistr diplomlari topshirildi
14:10 / 2022-07-30

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 2021-2022 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda talabalar, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda universitet rektori, professor A.Reymov so‘zga chiqib,  davlatimiz rahbari tashabbusi bilan oliy ta’lim sohasini rivojlantirish, yoshlarning har tomonloma chuqur bilim olishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga to‘xtaldi va bitiruvchilarni muborakbod etdi.

Oliy ta’lim sohasini yanada isloh qilish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilangan. Jumladan, kelgusida “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali nufuzli xorijiy oliygohlarning magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga, oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari kamida 25 foizga oshiriladi.  Oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko‘paytirib, a’lo baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Tadbir yakunida bitiruvchilarga diplomlar, shuningdek, davlat stipendiyalari sohiblariga, fan olimpiadasi g‘oliblariga, ko‘rik-tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni egallagan yoshlarga tashakkurnoma hamda faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi. Konsert dasturi namoyish etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, universitetni joriy o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2942 nafar, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 429 nafar yosh tamomladi.

[gallery-8084]

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA