Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahsli o‘q-dorilar manziliga yetib keldi...
10:51 / 2023-07-14

Rossiya – Ukraina

Ukrainadagi harbiy harakatlar qator sabablar tufayli uzoq yillar davom etmaydi, deb fikr bildirdi AQSH Prezidenti Jo Bayden.  

“Avvalo Rossiya o‘z resurs va imkoniyatlari nuqtai nazaridan uzoq urush olib borolmaydi. Oxir-oqibat bir kun kelib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy, siyosiy yoki boshqa sabab bilan ziddiyat Moskva manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi, deb uni to‘xtatadi. Aynan shunday bo‘ladi, deb ta’kidlay olmayman, har holda mening fikrim shunday”, dedi Bayden.

Ukraina Qurolli kuchlari AQSHning kassetali o‘q-dorilarini qabul qilib oldi, deb bayonot berdi Qo‘shma Shtatlar Qurolli kuchlari shtablar boshliqlari qo‘mitasi tezkor boshqarmasi boshlig‘i general Duglas Sims.  

“Associated Press” agentligining xabarida uning qo‘llangani haqida ma’lumotlar yo‘q.  

Avvalroq, “CNN” telekanaliga intervyuda “Tavriya” tezkor-strategik guruhlari qo‘mondoni, general Aleksandr Tarnavskiy Ukraina Qurolli kuchlari kassetali o‘q-dorilarni olgani to‘g‘risida xabarni tasdiqlagan edi.  

Amerikalik publitsist Seymur Xershning fikricha, Vashington tomonidan kassetali o‘q-dorilar yetkazib berilishi Ukrainadagi ziddiyatning holatini o‘zgartirmaydi.  

AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zolari mamlakatning keyingi yil byudjetida mudofaa xarajatlari loyihasini ko‘rib chiqish chog‘ida Ukrainaga yordam berish hajmini kamaytirish bo‘yicha tuzatishlarni qabul qilmadilar. Bu haqda Kongress saytida xabar berildi.

Yevropa investitsiya banki va YeI mamlakatlari Ukrainaga 400 milliondan ortiq mablag‘ ajratadi. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida ma’lum qilgan.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur mablag‘lar qayta tiklash ishlarida sarflanadi.

Shvetsiya Shimoliy Yevropa mamlatlari qatorida “G7” guruhining Ukraina xavfsizligi kafolati va unga yordam to‘g‘risidagi deklaratsiyaga qo‘shilishini ma’lum qildi. Bu haqda Qirollik hukumati bayonotida aytiladi.  

NATO sammitining qarorlari Ukraina uchun tarixiy fojia va kelgusida kerak bo‘lmagan qon to‘kilishlarning davom etishini anglatadi. Bu haqda "Vengerskiy krug mira" tadqiqot markazi rahbari Endre Shimo bildirdi.  

O‘zini “Ukraina millati”ga mansub, deb ko‘rsatib, insonlarning his-tuyg‘ulari bilan o‘ynagan shaxslarni jazolash, zarur bo‘lsa qamoq jazosiga tortish bo‘yicha petitsiya boshlangani ma’lum qilindi. Bu haqda prezident devoni saytida aytiladi.  

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Vilnyus sammitida uning barcha ishtirokchilariga minnatdorlik bildirishga harakat qildi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sakkiz daqiqalik murojaatida Zelenskiy “rahmat” so‘zini 40 martadan ko‘p ishlatgani aytiladi.  

Shu yo‘l bilan u Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesning G‘arb davlatlaridan Ukrainaning NATOga qo‘shilishini tezlashtirish yuzasidan tanqidlar bildirish o‘rniga yetkazib berilgan harbiy texnikalar uchun minnatdorlik bildirish kerak, degan so‘zlariga javob bergani ta’kidlanadi.  

Kiyev hokimiyati Rossiya va sobiq sovet ittifoqi bilan bog‘liq tarixiy 14 ta shahardagi inshootlar nomlarini o‘zgartirdi. Bu haqda meriyaning saytida ma’lum qilindi.  

Xususan, Pushkin istirohat bog‘i, Valeriy Chkalov hiyoboni va qator ko‘chalar boshqa nom olgan.

 

Abror XON, O‘zA