French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahromjon G‘oziyev Abu-Dabida yana shohsupaga ko‘tarildi
11:02 / 2026-02-13

Abu-Dabi shahrida (BAA) ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha CSI5* va CSI2* toifasidagi nufuzli xalqaro musobaqalar davom etmoqda. Unda mamlakatimiz chavandozlari munosib ishtirok etyapti.

Musobaqaning ikkinchi kuni O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon G‘oziyev CSI2* toifasida “Fatima Bint Mubarak Cup” musobaqasida 130 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida ishtirok etib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Qayd etish joiz, Bahromjon G‘oziyev kuni kecha CSI2* doirasida o‘tkazilgan “Al-Khail Square Cup” bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Shu tariqa vakilimiz qisqa vaqt ichida ikki marta shohsupaga ko‘tarilib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Ma’lumot uchun, ot sportining konkur yo‘nalishi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan bo‘lib, CSI5* darajasidagi startlar murakkablik va texnik talablar jihatidan Olimpiya o‘yinlari yo‘nalishlariga tenglashtiriladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA