Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahromjon G‘oziyev Abu-Dabida g‘alaba qozondi
10:06 / 2026-02-12

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida xalqaro CSI5* toifasidagi ot sporti musobaqalariga start berildi. Mazkur turnir jahon taqvimidagi eng muhim va yuqori maqomga ega musobaqalardan biri bo‘lib, unda dunyoning yetakchi chavandozlari ishtirok etmoqda.

Turnir doirasida o‘tkazilgan CSI2* “Al-Khail Square Cup” bahslarida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon G‘oziyev 130 sm. balandlikdagi to‘siqlardan o‘t sakratishda birinchi o‘rinni egalladi.  

Mazkur bellashuvlarda Germaniya, AQSH, Italiya, Braziliya, Gretsiya va boshqa qator davlatlardan kelgan 60 nafardan ortiq tajribali chavandozlar ishtirok etdi. Abu-Dabidagi ushbu muvaffaqiyat mamlakatimizda ot sportiga qaratilayotgan ulkan e’tibor va olib borilayotgan tizimli ishlar natijasidir.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA