Bahromjon Gaziyev Rossiyada muvaffaqiyatga erishdi
Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan “Maxima stables” ot sporti klubida konkur yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Ahamiyatlisi, unda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Hamyurtimiz balandligi 120 santimetr bo‘lgan CSI-1* “Kristal tour” yo‘nalishida ishtirok etdi. “Lady” laqabli tulpor bilan o‘z chiqishini namoyish etgan Bahromjon Gaziyev ikkinchi o‘rin sohibiga aylandi.
Ushbu dasturda g‘alaba “Starbucks” otida qatnashgan rossiyalik Anastasiya Sherbakovaga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni boshqa bir mezbon Anatoliy Shishkov “Katmand” laqabli otida yakunladi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
T. Ro‘ziyev, O‘zA