Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi
13:59 / 2023-10-08

O‘zbekiston ot sporti tarixida ilk bor O‘zbekiston vakili bo‘lgan Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.

Xanchjou – 2022 doirasida o‘tkazilayotgan ot sporti musobaqalaridan so‘ng Tognlu shahrida Osiyo ot sporti federatsiyasining navbatdan tashqari umumiy assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Bosh Assambleya kun tartibidan Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidentlarini saylash masalasi o‘rin olgan edi.  

Bunday yuksak lavozimga nomzodlar orasida O‘zbekiston vakilidan tashqari Xitoy, BAA, Janubiy Koreya, Liviya va Eron vakillari ham bor edi.

Bir necha tur qizg‘in o‘tgan ovoz berish jarayonida Bahromjon Gaziyev BAA, Eron va mezbon Xitoy vakillaridan ko‘proq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.

 

O‘zA