Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahrom Gaziyev jamoasining Moskvadagi muvaffaqiyati
14:30 / 2022-06-28

Rossiyada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha an’anaviy «Maxima Masters CUP Eurasia» va «Maxima Masters Eurasia Team Competition» musobaqalarida ishtirok etgan hamyurtlarimiz kutilganidek sovrinli o‘rinlarni egalladi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Turnirda Yevrosiyo ligasi tarkibiga kirgan 11 ta jamoa qatnashdi. Qizg‘in kechgan ballarning jamoaviy dasturida terma jamoamiz mezbonlardan so‘ng ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

Bahslarda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev boshchiligida Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbayev, Umid Kamilov, Xurshidbek Alimjonov kabi chavandozlarimiz yurtimiz sharafini himoya qildi.

Ahamiyatlisi, 125 santimetrni tashkil etgan to‘siqlardan o‘tishda Bahromjon Gaziyev “Lady” tulporida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tabiiyki, ushbu natija terma jamoamizning boshqa vakillarini ham ruhlantirdi. Shundan so‘ng balandligi 145 sm. bo‘lgan bahsda Nurjan Tuyakbayev oltin medal sohibi bo‘ldi.

Musobaqaning eng asosiy yo‘nalishi – 150 sm. balandlikdagi to‘siqlardan tashkil topgan Gran-pri dasturida Bekzod Qurbonov g‘alabani tantana qildi.

O‘zA