Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bahrayn-2025”: O‘zbekiston delegatsiyasining oltin medallari 21 taga yetdi
21:50 / 2025-10-29

Bahrayn poytaxti Manama shahrida o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarining 11 kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, dzyudo bo‘yicha o‘tayotgan bellashuvlarda Dilafro‘z Boltaboyeva (-40 kg), Abubakr Sattorov (-55 kg) kabi polvonlarimiz oltin medalga sazovor bo‘ldi. Alina Kolyucheva hamda Davlat Ahrorov esa kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, Shohjahon Usmonov o‘z vazn toifasida bronza medaliga ega chiqdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha vazni -69 kg. bo‘lgan qizlar o‘rtasida Shahnoza Haydarova dast ko‘tarishda 97 kg. natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. erkin kurashchimiz Shahobiddin Nurmonov (-48 kg) kumush Abdumalik Jaloliddinov esa (-55 kg) bronza, ayollar kurashida Shohista Shonazarova (-43 kg) shohsupaning ikkinchi o‘rnidan joy oldi.

Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 21 ta oltin, 10 ta kumush 19 ta bronza medaliga yetdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA