“Bahrayn – 2025”: O‘zbekiston delegatsiyasining medallari 26 taga yetdi
Bahrayn mamlakati mezbonligida o‘tkazilayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarining navbatdagi kun bellashuvlari O‘zbekiston delegatsiyasi sportchilari uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Musobaqaning muay-tay bo‘yicha bellashuvlarda Asadbek Turdiboyev (-51 kg) va (-54 kg) Muzaffar Nurxo‘jayev, taekvondo WT bo‘yicha -63 kg vazn toifasida Omadbek Otabekov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, yana bir taekvondochimiz vazni -55 kg. bo‘lgan Asadbek Samandarov kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiton delegatsiyasining hisobidagi medallar soni 12 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medaliga yetdi. Natijada vakillarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rnini yanada mustahkamladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA