Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bahrayn-2025”: O‘zbekiston delegatsiyasi medal jamg‘arishda ikkinchi
17:01 / 2025-10-24

Bahrayn mamlakati mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida delegatsiyasimiz hisobiga yana bir bronza medal qo‘shildi.

O‘yinlarning MMA bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarida hamyurtimiz Kamronbek Qodirov vazni 65 kilogrammgacha bo‘lgan bellashuvlarda yarim finalga qadar yetib bordi va bronza medaliga ega chiqdi. Shuningdek, bugun 24 oktyabr kuni Ibrohimjon Botirov, Avaz Anvarov, Abdulboriy Abdug‘ofurov yarim final bahslarida ishtirok etadi. 

Ma’lumot o‘rnida: hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Xitoy delegatsiyasi 8 ta oltin, 11 ta kumush va 2 ta bronza medal bilan birinchi, tailandlik sportchilar 6 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza jamg‘arib kuchli uchlikdan joy olgan. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA