Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bahrayn-2025”: O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 10 taga yetdi
10:20 / 2025-10-24

Bahraynda davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari 4 ta medal jamg‘ardi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, yengil atletikaning 1500 metr masofaga yugurish bahslarida Nazmina Rahimjonova oltin medalga, Muhammadaziz Nosirov  bosqon uloqtirishda, Shahzodbek Xolmurodov esa uch hatlab sakrashda kumush medalga ega chiqdi. Shuningdek, 100 metrga to‘siqlar osha yugurishda Shodiyona Rahmonova bronza medal bilan taqdirlandi.  

Shu tariqa O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 6 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medaliga yetdi. Delegatsiyamiz medal jamg‘arishda umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA