“Bahrayn-2025”: Gandbolchi qizlarimiz o‘z guruhida hozircha uchinchi o‘rinda
Bahraynda yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarining gandbol bahslarida O‘zbekiston qizlar terma jamoasi “A” guruhida ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi.
Afsuski, gandbolchilarimiz mazkur turda Eronga 27:24 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Natijada Eron ikkinchi g‘alabasiga erishgan holda “A” guruhida birinchi o‘ringa chiqib oldi. Terma jamoamiz esa bittadan g‘alaba va mag‘lubiyat evaziga uchinchi o‘rindan joy oldi.

Bugun, kun davomida ushbu guruhdan joy olgan Hindiston – Qozog‘iston va Xitoy – Tailand terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston qizlar terma jamoamiz endi 24 oktyabr kuni xitoylik gandbolchilarga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA