Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bahrayn-2025”: Bugun 4 sportchimiz medallar uchun kurashadi
10:29 / 2025-10-20

Bahraynning Manama shahrida yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarining ilk kungi bellashuvlari sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, kurash bo‘yicha Otabek Yo‘ldoshboyev va Durdona Tursunova o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, penchak silat bahslarida Feruza Bozorova hamda Nurislom Ro‘ziboyev yarim finalga chiqdi.

Ilk kungi bellashuvlar yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi 2 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘ringa chiqib oldi. Eronlik sportchilar bittadan kumush va bronza medaliga ega bo‘lgan holda ikkinchi, Qirg‘iziston esa yagona kumush medalini qo‘lga kiritib, kuchli uchlikdan joy oldi.

Bugun, 20 oktyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari voleybol, gandbol, kurash va penchak silat sport turlari bo‘yicha bahslarga kirishadi.

Jumladan, voleybol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘iston termasini sinovdan o‘tkazsa, gandbolchi qizlarimiz ilk bosqichda hindistonlik raqiblariga qarshi raqobatlashadi.

Kurash bellashuvlarida Shohjahon G‘olibov o‘z ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yarim final bosqichidan boshlaydi. Mubinabonu Karimova esa filippinlik Xian Alkala bilan chorak finalda bahs olib boradi. Penchak silat sport turining yarim finalida Feruza Bozorova indoneziyalik Tata Olifia, Nurislom Ro‘ziboyev esa malayziyalik Muhammad Raqibga qarshi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA