Bahouddinxon Abulsaidov: Maqsadim o‘zbek millatini dunyoga tanitish...
Dunyo aholisining 2 milliarddan ziyodi, ya’ni 25 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizda esa yoshlar qatlami jami aholining qariyb 60 foiziga yaqin. Shuning uchun O‘zbekiston yoshlar mamlakati sifatida e’tirof etiladi. Yaqin o‘n yilliklarda bu qatlam davlat va jamiyat boshqaruvida hal qiluvchi kuchga ega bo‘lishini tasavvur qilsak, yoshlar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanish, muammolarini vaqtida hal etib, shaxs sifatida rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish, professional kasb mahoratini shakllantirish kabi vazifalar nihoyatda dolzarb ekani oydinlashadi.
Bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosati to‘liq ushbu maqsadlarga yo‘naltirilgan. Yosh avlodga huquqiy kafolatlarni yaratishdan tortib, sifatli bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, shaxs sifatida kamol topishi, qo‘yingki, mehnat qilib, farovon kelajagini bunyod etishi uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilmoqda.
"Faxringman, Vatan!" loyihasining navbatdagi qahramoni Bahouddinxon Abulsaidov yosh bo‘lishiga qaramasdan yurtimizdan yaratilgan barcha imkoniyatlardan to‘laligicha foydalangan iqtidorli yoshlarimizdan. Bahouddinxon tanlagan veteraniya, chorvachilik soha yo‘nalishida xalqaro darajadagi mutaxassis bo‘lishni maqsad qilgan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/TLnsnkTMNPE?si=wT-Dqyzj1XEKSJVq" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA