French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Bahorni quvib" filmi yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi
14:39 / 2025-07-09

Xitoyning Chunsin shahrida tashkil etilgan SHHTga a’zo davlatlar kinofestivalida Ayub Shahobiddinovning "Bahorni quvib" filmi "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Mazkur filmda bosh rolni taniqli aktrisa Ra’no Shodiyeva ijro etgan.

Shuni ham aytish kerakki, kinofestival doirasida SHHTga a’zo davlatlarning kino sohasidagi hamkorligi masalalariga bag‘ishlangan maxsus forum ham o‘tkazildi.  

Forumda SHHTga a’zo mamlakatlar kino sohasi rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi. Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev ham tadbirda so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kinoloyihalar, qo‘shma kinoloyihalar ishlab chiqarish  tajribalari va kelgusi rejalar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Forumda kino sohasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, birgalikda yangi ko-produksiya loyihalarini ishlab chiqish va bu hamkorlikni tizimli ravishda tashkil etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Shuningdek, forum ishtirokchilariga O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida ilk bor suratga olinishi rejalashtirilayotgan “Meni kutgil” nomli yangi xalqaro kinoloyiha haqida ham ma’lumot taqdim etildi. Bu loyiha ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarning yangi bosqichga ko‘tarilayotganini tasdiqlaydi.

Forum yakunida O‘zbekiston tomoni qo‘shma kinoloyihalarni yaratishga to‘liq tayyor ekanini bildirib, kelgusida SHHT makonida keng qamrovli hamkorlikni amalga oshirishini ma’lum qildi.

 

N.Usmonova,

O‘zA