Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bahorni quvib” filmi premerasi bo‘lib o‘tdi
17:08 / 2025-12-01

Surxondaryo viloyatining Termiz va Boysun tumanlarida tashkil etilgan O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Erkin A’zam tavalludining 75 yillik yubileyi doirasida Termiz davlat universitetida “Bahorni quvib” filmining premerasi o‘tkazildi.

Professor-o‘qituvchilar, kinosan’ati ustalari va talabalar ishtirok etgan film namoyishida Erkin A’zamning “Bahorni quvib” kinoqissasi asosida yaratilgan asarga yuksak baho berildi. Xalqaro kinofestival va tanlovlarda sovrindor bo‘layotgani alohida qayd etildi.

Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida киноrежиссёr Ayub Shahobiddinov suratga olgan film qisqa vaqtda  qator xalqaro kinofestival va tanlovlarda ishtirok etib, turli nominatsiyalarda sovrindor bo‘ldi. Jumladan, shu yilning 6-10 avgust kunlari Rossiyaning Moskva shahrida o‘tkazilgan II Xalqaro “Antares” kinofestivalida “Eng yaxshi film” (Gran-pri), “Eng yaxshi ssenariy” va “Eng yaxshi ikkinchi plandagi rol uchun diplom” (Anvar Kartayev) nominatsiyalarida g‘olib deb topildi. 22-24 avgust kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan VI “Lendoc Film Festival” (LEFF) xalqaro kinofestivali tanlovida “Bahorni quvib” kartinasi “Eng yaxshi ssenariy” (Erkin A’zam) va “Eng yaxshi ayol roli” (Ra’no Shodiyeva) nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, joriy yil iyul oyida Xitoyda tashkil etilgan SHHTga a’zo davlatlar kinofestivali танлови dasturida ishtirok etib, unda aktrisa Ra’no Shodiyeva “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. 27 noyabr kuni Moskvada o‘tkazilgan kinofestivalda film aktyori Anvar Kartayev “Eng yaxshi ikkinchi plandagi rol uchun” nominatsiyasida “Brilliant kapalak”  mukofotiga sazovor bo‘ldi. Film Tojikiston, Hindiston, Rossiya va Eron davlatlarida o‘tkazilgan xalqaro kinofestivallarda ham munosib ishtirok etgani e’tiborga loyiqdir. 

Film namoyishi barchada yaxshi taassurot uyg‘otdi. Premerada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam va taniqli kinorejissyor Jahongir Qosimovlar ishtirok etdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri