Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahorgi sovuqlar gullagan daraxtlar uchun qanchalik xavfli?
14:13 / 2026-03-10

Bahor fasli tabiat uyg‘onish davri hisoblanadi. Ayni shu paytda mevali daraxtlar gullab, kelgusi hosilga poydevor qo‘yadi. Ammo ba’zan bahor oylarida havo harorati keskin pasayib, sovuq tushishi kuzatiladi.

Bu, ayniqsa, gullagan daraxtlar uchun katta xavf tug‘diradi. Chunki gul, g‘uncha va yangi paydo bo‘lgan yosh mevalar juda nozik bo‘lib, hatto kichik sovuq ham ularga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Bahorda daraxtlar gullaganidan keyin tushadigan sovuqlar eng xavfli agrometeorologik omillardan biri hisoblanadi. Chunki bu paytda gul, g‘uncha va yosh mevalar juda nozik bo‘ladi.

Harorat biroz pasaysa ham, gullash davridagi sovuq hosilning 50-90 foizgacha yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Gul tarkibidagi hujayralar suvga boy bo‘ladi. Sovuq tushganda hujayra ichida muz kristallari hosil bo‘ladi. Bu esa gulning qorayib to‘kilib ketishiga olib keladi. Natijada changlanish jarayoni to‘xtaydi va meva tugilishi sodir bo‘lmaydi.

Daraxtlarni tutatish (dim tutun berish) orqali himoya qilish mumkin. Shuningdek, tomchilatib sug‘orish orqali mikroqavat muz hosil qilish, shamollatkich ventilyatorlardan foydalanish, agrovolokno yoki maxsus yopqichlar bilan yopish, bog‘ atrofida shamol to‘siqlari tashkil etish yaxshi samara beradi.

Bahorgi sovuqlar — tabiatning sinovi. Lekin bog‘bonlar oldindan tayyorgarlik ko‘rsa, hosil yo‘qotishlarini sezilarli darajada kamaytirish mumkin.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA