Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahorgi pilla mavsumini qizg‘in boshlash masalalari muhokama qilindi
09:28 / 2025-02-05

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida pillachilik tarmog‘ida bahorgi pilla mavsumini qizg‘in boshlash va joriy yilgi rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Iqboljon Ergashev o‘tgan yilda erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida to‘xtaldi.

Joriy yilda pillachilik sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan eksport, investitsiya, kasanachilar bilan shartnoma qilish hamda bahorgi pilla mavsumini qizg‘in boshlash, kasanachilar uchun o‘quv-seminarlarini keng ko‘lamda tashkil etish, qurtxonalar, tutchilik va urug‘chilikning rivojlanishini nazorat qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, sohaga bozor mexanizmlarini joriy qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, kanakunjut ipak qurti yetishtirish va undan sifatli pilla xomashyosi olish, eksport, bandlik, ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha tut ko‘chatlarini ekish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Mas’ul xodimlarga har bir viloyatga alohida-alohida ishchi guruh tashkil etilib, nazorat tadbirlarini talabchanlik bilan olib borish topshirig‘i berildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA