Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Iqboljon Ergashev Samarqand viloyatidagi pillachilik korxonalarining bahorgi pilla yetishtirish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.
Xususan, Jomboy tumanidagi “Jomboy silk”, Oqdaryo tumanidagi “Oqdaryo ipagi”, Payariqdagi “Payariq ipagi” hamda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kumush tola” korxonalari faoliyati o‘rganildi. Mazkur korxonalar pillani qayta ishlash va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchi korxonalar hisoblanadi.

Xususan, eksport prognoz ko‘rsatkichlari, bahorgi pilla mavsumi uchun amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Qo‘mita raisi tomonidan pillachilik korxonalariga barcha ko‘rsatkichlarni bajarish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, uchrashuvlarda Vetnam va Xitoy tajribasi asosida sanoat usulida ipak qurti boqish, pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatlarini oshirish, yangi tutzorlar barpo etish borasida fikr mulohazalar bildirildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA