French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahorgi mavsumga tayyorgarlik qizg‘in
14:31 / 2024-01-22

Buxoro viloyati Romitan tumanida joylashgan “BCT Cluster Agrokompleks” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli mashina- traktor parkida 2024 yil ekish mavsumi uchun bahorgi ekish texnikalarini tayyorlash va shu bilan birga, ekin zararkunandalariga qarshi kurashishda biolaboratoriyalar moddiy–texnik imkoniyatini mustahkamlash, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha viloyat ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminari tashkil qilindi.

Seminarda tumanlar hokimlari, IIB boshliqlari, chigit ekishga mas’ul bo‘lgan viloyat boshqarma va idoralari rahbarlari, agroklasterlar hamda ularning mas’ullari, agroinspeksiya mutasaddilari, fermerlar, qishloq xo‘jaligi bo‘limi vakillari qatnashdi.  

2024 yil hosili uchun bahorgi dala ishlarida qatnashadigan qishloq xo‘jaligi texnikalari mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib, shay holatga keltirilgan chopiq traktorlari, kultivatorlar, chigit ekish seyalkalari va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarining qay darajada sifatli ta’mirdan chiqarilganligi ko‘zdan kechirildi.  

Ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminarida so‘z olgan viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Askar Javodov ekishda ishtirok etadigan texnika va mexanizmlar ta’miri, moddiy-texnik imkoniyatlar xususida to‘xtaldi. Shuningdek, seminar davomida qishloq xo‘jaligi texnikalarining sifatli ta’miri qanday bo‘lishi va uni qabul qilib olishda e’tibor qaratiladigan jihatlarga ham e’tibor qaratdi.  

Viloyatda joriy 2024 yilda 96 ming 220 gektar maydonda 362 ming tonna paxta xomashyosini yetishtirish belgilangan.  

Seminarda, shuningdek, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish, dala maydonlari chetlarini bo‘sh qoldirmaslik, barcha agrotexnik qoidalarga amal qilish bo‘yicha mutaxassislarning tavsiya hamda ko‘rsatmalari tinglandi.  

Ayni paytda “BCT Cluster Agrokompleks” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 2024 yil bahorgi dala ishlarining o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash uchun 122 ta chopiq traktori, 35 ta purkagich (OVX), 24 ta chigit ekish seyalkasi, 6 ta lazerli yer tekislagich hamda boshqa turdagi texnika va agregatlar mavjud. Ularni ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilgan.  

 

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri