Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahorga yetganlar, quvoning
12:28 / 2024-03-06

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumanida ko‘klam bahoriy taom – sumalak sayli ila qarshi olindi.  

Tumanning Mingterak mahallasi hududida tashkil etilgan “Bahorga yetganlar, quvoning” nomli madaniy-ma’rifiy tadbirda milliy urf-odatlarimizga yo‘g‘rilgan turli ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi. Shuningdek, qo‘li gul hunarmand ayollar tomonidan tayyorlangan milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi. Bahoriy taomlar, palov, issiq non tayyorlandi. Saylga yig‘ilgan ayollar duoga qo‘l ochib, elga tinchlik, to‘kinlik, farovonlik tiladi.

[gallery-16242]

Ta’kidlash kerak, ushbu mahallada 10 ming 860 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi, - deydi tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Gulchehra Oxunova. – Ularning 5182 nafari xotin-qizlardan iborat. Mahallada tadbirkor, uddaburon, oqila ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi. Aziza Mo‘minova, Mohira Ma’mutova, Zulxumor Mirzayeva kabi tadbirkor ayollar mahalladagi 130 nafarga yaqin xotin-qizni ish bilan ta’minlagan.  

Ta’kidlash joiz, bu kabi tadbirlar mehr-oqibat, ahillik va xayr-u saxovat kabi chin insoniy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.  

O‘zA fotomuxbiri

Hotam MAMADALIEV olgan suratlar